TALLIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASI

TALLIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASI — O’zbekistonda qurilayotgan yirik issiqlik elektr stantsiyalaridan biri. «Uzbekenergiya» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Nuriston shaharchasida, Tallimarjon suv omboridan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan. Stansiya qurilishi 1988 yil yanvarda boshlangan. Loyiha quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 energoblokli). 1-energobloki 2004 yil oxirida ishga tushiriladi. Asosiy yoqilg’i turi — tarkibida oltingugurt kam bo’lgan Sho’rtan gaz konidan olinadigan tabiiy gaz. Tallimarjon issuqlik elektr stansiyasi viloyatdagi gaz konlari, suv xo’jaligi ob’yektlari va boshqa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.