EMAN IPAK QURTI
EMAN IPAK QURTI, dub ipak qurti — tovusko’zlilar oilasi, Apgpegaea turkumiga mansub, ipak olish hamda undan jujuncha ishlab chiqarish uchun boqiladigan kapalaklar turi. Xitoy Eman ipak qurti (A.regpuo 250 yildan beri boqib kelinadi. Sobiq SSSRda 1937 yildan boqila boshlagan. Eman ipak qurti har xil turdagi eman bargi bilan oziqlanadi. Odatda, 2 avlod beradi. G’umbagi pillada — harorati 2° bo’lgan maxsus xonalarda saqlanadi. Bahorda ulardan yirik (qanoti yoyilganda 10,5—11,5 santimetr) kapalaklar chiqadi. Yapon Eman ipak qurti (Alatatag) o’rmonda hayot kechiradi va Yaponiyada Xitoy Eman ipak qurti bilan bir qatorda boqiladi; qanoti yoyilganda o’rtacha 15,6 santimetr, shoxlarga qo’yilgan g’umbagi qishlaydi. Eman ipak qurtining pillasi to’laligicha chuvalanmaydi va, asosan, ip yigirishda foydalaniladi. Xitoy Eman ipak qurtining ipagi tut ipak doimnikidan yo’g’onroq, lekin juda qattiq. Xitoy Eman ipak qurtining kamchiligi uning qiyin chuvalanishidan tashqari pillada ipak miqdorining kamligi (o’rtacha 8-9%) hamda qurtning ozuqa sifatiga yuqori talabchanligi va boqishning qiyinligi hamdir. Hozirda iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq emasligi tufayli Eman ipak qurti kam boqiladi.