ENEOLIT
ENEOLIT (lotincha — mis, misli va Yunoncha — tosh), mis davri, mistosh davri — neolityaan jez asriga o’tish davri (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar). Eneolit davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va mo’rt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni iste’moldan siqib chiqara olmadi. Shunga ko’ra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. Eneolit davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida kaptarning qumi, katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib o’rganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat bo’lgan. Eneolit davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan ko’plab ayol haykalchalari (ma’budalar) topilgan. Bu Eneolit davrida hali ona urug’i (matriarxat) bo’lganligidan dalolat beradi. Ad.:Gulyamov Ya.G., Islamov U.I., Askarov A.A., Pervobntnaya kultura v nizovyax Zarafshana. T., 1966; Masson V.M., Altshdepe, M., 1981.