ENZOOTIYA
ENZOOTIYA (Yunoncha — da va — hayvon) — hayvonlarda muayyan bir joy, xo’jalik, aholi punktlari bilan bog’liq holda paydo bo’ladigan kasalliklar. Tabiiy sharoitga bog’liq holda chin Enzootiya (hayvonlar boqiladigan joy, infektsiya qo’zg’atuvchi manba, qo’zg’atuvchining spesifik tashuvchisi bo’lishi, uning hayvon organizmidan tashqarida saqlanishi, tuproqda mikroelementlarning yetishmasligi va boshqalar) va insonning xo’jalik faoliyati hamda hayvonlarga veterinariya xizmati ko’rsatish, ularni oziqlantirish bilan bog’liq bo’lgan statistik Enzootiya farqlanadi. Birinchisida yoppasiga kuzatilmaydigan (masalan, tabiiy o’choqli) kasalliklar, ikkinchisida hamma joyda uchrashi mumkin bo’lgan kolibakterioz, salmonellyoz kabi kasalliklar tavsiflanadi.