ETILEN PROPILEN KAUCHUKLAR
ETILEN PROPILEN KAUCHUKLAR — etilenning propilen bilan (qo’sh sopolimerlar) yoki etilenning propilen bilan oz miqdordagi uchinchi somonomer.— qo’sh bog’li dien ishtirokida sopolimerlanish (uchlik sopolimerlar) mahsulotlari. Etilen propilen kauchuklarning zichligi 850— 870 kg/m3. To’yingan qo’sh sopolimerlar peroksidlar, dimaleinimidlar, xlororganik birikmalar bilan vulkanizasiya qilinadi. To’yinmagan uchlik sopolimerlar uchun oddiy oltingugurtli vulkanizatsiya usullari qo’llanadi. Etilen propilen kauchuklar asosidagi rezinalarning muhim xossalari issiqqa va ozonga bardoshlilik, kislorod bilan oksidlanishga, kislotalar va ishqorlar ta’siriga chidamlilik, elektrizolyasion xossalari yuqoriligi hisoblanadi. O’tkazgichlar va kabellarni izolyasiyalashda yuqori atmosferaga bardoshli turli rezinatexnik buyumlar (masalan, avtomobil oynalari zichlagichlari), serg’ovak yumshoq materiallar va boshqalar ishlab chiqarishda qo’llanadi.