TALAS OLATOVI
TALAS OLATOVI — G’arbiy Tyanshandagi tog’ tizmasi. Qirg’iziston va Qozog’iston respublikalari hududida joylashgan. Kenglik bo’ylab sharqdan g’arbga 270 kilometrga cho’zilgan. Balandligi 400 metrga yaqin. G’arbda Oqsuv daryosining yuqori oqimida tugaydi. Eng baland joyi — Manas cho’qqisi (4484 metr). Janub qismidan Janubi g’arbga Chatqol, Piskom, Ugom, Qorjontov kabi tizmalar ajralib chiqqan. Talas Olatovi Talas, Sirdaryo, Chirchiq Daryo vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Tizmada kolba, Maydontol kabi dovonlar bor. Talas Olatovining shimoliy yon bag’ri qisqa va Talas vodiysidan tik ko’tarilgan. Tektonik jihatdan antiklinoriy strukturadir. Tizmaning o’q qismi paleozoyning granitlaridan, yon bag’irlari esa metamorfik slanes, qumtosh va ohaktoshlardan tashkil toptan. Suvayirg’ich qismi qoyali, doimiy qor va muzliklar mavjud. Talas Olatovining etaklarida dasht o’simliklari va butalar, yon bag’irlari, suvayirg’ich va unga yaqin qismlarida subalp va Alp o’tloqlari tarqalgan. Uning yon bag’irlarini kesib oquvchi Daryo bo’ylari va yon bag’irlarida qoraqarag’ay, oqqarag’ay, archa daraxtlari uchraydi.