TARAG’AYTEPA
TARAG’AYTEPA — antik davrga oid qal’a xarobasi (1-4-asrlar). Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida, Tentaksoyning chap sohilida joylashgan. 1968 yil va 1982 yillarda tadqiqot ishlari olib borilgan. Kvadrat tarxli (50×50) qal’a burchaklariga doyra shaklidagi Burjlar o’rnatilgan (balandligi 8 metr). Tarag’aytepaning yuqori qismidan Kushon podsholaridan Vasudeva I va Kanishka III davriga oid tangalar, terrakotadan yasalgan baqtriyalik jangchining bosh qismi, qizil angob bilan sirlangan sopol parchalari topilgan.