TATRA TOG’LARI
TATRA TOG’LARI — Karpat tog’laridagi eng baland tog’ massivi. Chexiya, Slovakiya va Polsha hududlarida joylashgan. Uzunligi 65 kilometr, eng baland joyi 2655 metr (Gerloxovskishtit tog’i). Granit, gneys va ohaktoshlardan tuzilgan. Tatra tog’larida Alp relef shakllari, morenalar, kar ko’llari keng tarqalgan. Karst g’orlari (Belanskaya, Anabastrova boshqalar) uchraydi. Tatra tog’lari yon bag’irlarida 1800 metr balandlikkacha qoraqayin, oqqarag’ay, qarag’ay, tilog’och o’rmonlari, undan balandda butazorlar, Alp va subalp o’tloqlari bor. Tatra milliy bog’i, meteorologik rasadxona tashkil qilingan. Turizm rivojlangan. Kurort ko’p, qishki sport markazi.