ETALON GEKTAR
ETALON GEKTAR, shartli etalon gektar — etalon sharoitlarda 1 gektar yerni haydashga muvofiq keladigan traktor ishlari hajmi. Etalon sharoitlari: solishtirma qarshilik — 0,5 kg/sm2, agregat harakat tezligi — 5 km/soat, haydash chuqurligi — 20— 22 santimetr, agrofon — o’rtacha qattiqlikka ega bo’lgan tuproqdagi g’alla ekinlari ang’izi; tuproq namligi 20-22% gacha, relefi tekis (nishabi Ggacha), uchastka to’g’ri burchak shaklida, dala uzunligi — 800 metr, dengiz sathidan balandligi 800 metr, tosh va to’siqlar yo’q. Etalon gektarlarda traktor bilan bajarilgan shartli ish hajmi quyidagicha hisoblanadi. Etalon gektar yordamida turli markadagi traktorlarda bajarilgan ish hajmini yagona ekvivalentga keltirish va biron ekin turi yoki xo’jalik, tuman va hokazolar darajasida mexanizatsiyalashtiriladigan ishlarning umumiy hajmini belgilash mumkin. Bunday hisob-kitoblar, ayniqsa, xo’jaliklarda texnika qarovi va ta’mirini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.