ESTROZ

ESTROZ — qo’ylarning burun hamda peshona bo’shliqlarida parazitlik qiluvchi Oe51paae oilasiga mansub Oezttzsh OU18 so’nasi qo’zg’atadigan invazion kasallik. Qo’ychilik rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Urg’ochi so’na bahor va yoz oylarida qo’ylarning burun bo’shlig’iga 6-12 tadan lichinka qo’yadi. 1-bosqich lichinka burun bo’shlig’i va panjarasimon suyak shilliq qavatida, 2 va 3-bosqich lichinkalar esa peshona va shox o’simtasi bo’shlig’ida rivojlanadi, natijada shilliq qavat shikastlanib, yalliglanish va nekroz paydo bo’ladi. Estroz bilan kasallangan qo’ylarda burundan qon aralash serozliyiringli suyuqlik oqadi, nafas olishi qiyinlashadi, ayrim hollarda hayvonlarda harakat muvozanati buzilib, bir tomonga aylanish (aylanchiq) holati kuzatiladi. Kasallik manbi Estroz bilan kasallangan qo’ylar. Tashxis kasallangan hayvonlarni yorib ko’rish, shuningdek, epizootologik, klinik hamda bakteriologik tekshirish natijalariga asosan qo’yiladi. Davosi: qo’ylarning burun bo’shlig’i va peshona, shox o’simtasi bo’shlig’iga tarkibida Ivermektin moddasi bo’lgan Preparatlar va insektoakarisid vositalari yuboriladi. Oldini olish: qo’ra va qo’tonlar, yonatrofdagi maydonlar tozalanadi, go’ng va tezaklar yoqiladi, molxonalarga va hayvonlarga so’nalarning uchish davrida va undan keyin insektoakarisid moddalar bilan ishlov beriladi.