TANGLAY
TANGLAY — burun va og’iz bo’shlig’ini bir-biridan ajratib turadigan anatomik tuzilma. Qattiq va yumshoq Tanglay bo’ladi. Qattiq Tanglay yuqori jag’ suyagining tanglay o’sig’i bilan tanglay suyagi kundalang plastinkalarining birikuvidan vujudga keladi. Yumshoq Tanglay shilliq parda bilan qoplangan muskullardan iborat. Yumshoq Tanglayning orqa uchida o’siqcha— tilcha bor. Yumshoq Tanglay yon tomonlarida ravoqlar hosil qilib, til va halqum bilan birlashadi. Ravoqlar orasida har iyusi tomonda (uchburchak shaklida) murtak bo’shlig’i bo’lib, unda tanglay murtagi joylashgan. Qattiq va yumshoq Tanglay shilliq qavati ostida mayda so’lak bezlari, shilliq qavatida esa qon tomirlari va nervlar bor. Tanglay kasalliklari tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Yumshoq yoki yumshoq-qattiq Tanglayning tug’ma nuqsoni ko’p uchraydi. Bu embrional rivojlanish davri (homila) da tanglay o’siqlarining o’zaro yoki yumshoq tanglayning muskulli tuzilmasi bilan jipslashmay qolishidan yuzaga keladi. Buni «bo’ri tanglay» deyiladi. Tanglayning orttirilgan kasalliklariga uning shikastlanishi eki kasallikdan zararlanishi, yallig’lanishi (masalan, stomatit), xavfli va xavfsiz o’smalar va boshqalar kiradi.