TARIX MUZEYLARI

TARIX MUZEYLARI — tarixiy, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va tashviq qilish kabi ishlarni amalga oshiruvchi ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy maskan. O’zining ekspozitsiya va ko’rgazmalari vositasida ilmiy tashviqot va ma’naviy tarbiya vazifasini bajaradi. Muzeylarga qiziqish qadimdan boshlangan. Tarixiy manbalarning shohidligicha ilk muzey miloddan avvalgi 3-asrda Iskandariyada muzalarga atalgan binoda — Muzeyonda qadimgi san’at yodgorliklari majmuasi sifatida tashkil etilgan. O’zbekistonda ham 19-asrning 4-choragi boshlaridan Tarix muzeylariga qiziqish boshlangan. Toshkentdagi O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Samarqanddagi «Afrosiyob», shuningdek, Samarkand Davlat Birlashgan tarixiyme’moriy va badiiy muzey qo’rikxonasi, Xivadagi «Ichanqal’a» qo’riqxonasi kabilar katorida mustakillik yillarida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi — 1996 yil; Olimpiya shonshuhrati muzeyi — 1996.; «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi — 2002 yil; Toshkent tarixi muzeyi — 2003 yil; Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi — 2002 yil kabi yangi muzeylar faoliyat olib bormoqda. Respublikamizdagi bir qator o’lkashunoslik muzeylaridagi tarix fani yo’nalishidagi bo’limlar zamona ruhiga moslab ta’mirlandi. O’zbekiston tarixida yangi qo’lga kiritilgan yutuklar asosida boyitildi. Tarix muzeylariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi «O’zbekiston Respublikasi madaniy boyliklarining olib chiqilishi va olib kirilish masalasini tartibga solish to’g’risida»gi qarori tufayli O’zbekistondagi Tarix muzeylari dunyoning tanikli muzeylari ridan joy olmoqda. Hozir jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanishida Tarix muzeylarining tadqiqotchilik o’rni salmoqlidir. T.m.ning asosiy maqsadi xalq taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni xolis yoritish va keng mushoxada etib ilmiy tadqiq etishdir.