TO’QUMBOEV AALI

TO’QUMBOEV AALI (taxalluslari Balqa, Chalqar) (1904.7.11, Qirg’izistonning hozirgi Kemin tumani — 1988) — Qirg’iziston xalq shoiri (1945), qirg’iz yozma adabiyoti asoschilaridan. Qirg’iziston Fanlar Akademiyasi akademiyasi (1954). Qirg’iziston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1934-49). «Mehnat guli» (1932), «dastlabki she’rlar» (1934) kitoblari va «tutqun Marat» dostoni (1932) zamonaviy mavzuda. «Dnestr chuqur dengizga quyiladi» (1939), «yaralangan yurak» (1940) qissalari muallifi. 2-jahon urushi va urushdan keyingi yillarda yozgan she’rlar to’plami («tashakkur», 1944; «zamon ovozi», 1966), Doston («Manas vatandoshlari», 1941; «Do’mbira navosi», 1960; «jonli tarix», 1969) va pesalari («qasam», 1943; «taftish davom etadi», 1962; «biz ham soldat bo’lganmiz», 1965) qirg’iz xalqining vatanparvarligi haqida. «Tong oldidan» she’riy romani («qonli yillar», 1kitob, 1935; «barhayotlik urug’i», 2 kitob, 1947, birlashtirilgan qayta nashri, 1962)da qirg’iz xalqining turmush tarzi aks etgan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. To’qtag’ul Sotilg’onov nomidagi Qirg’iziston Davlat mukofoti laureati (1967).