TO’PXONA
TO’PXONA — Tojikistondagi Kofirnihon daryosi vodiysida, Hisor qishlog’ining g’arbiy chekkasida joylashgan qadimgi mozorqo’rg’on (miloddan avvalgi 1-asrning oxiri — milodiy 3-asr). 1941 yilda ochilgan. 300 ga yaqin bir necha ko’rinishli (mayyitlar chalqancha va yonboshlab yotqizilgan, xom g’isht terilgan va g’ishtsiz, xumli, sopol tobutli) qabrlar ochilgan. Qabrlardan turli xildagi sopol idishlar, jez bilaguzuklar, sirg’alar, uzuklar, oynalar, temir uchli kamon o’qi, pichoqlar, bigizlar, qaychilar, jez qo’ng’iroqchalar, tosh va shisha munchoklar, Misr chinnisidan ishlangan buyumlar, tumorlar, taqinchoklar, haykallar, xaykalchalar, tangalar topilgan.
TO’PXONA — 1619-asrlarda O’rta Osiyo xonliklarida to’plar va turli qurolyaroqlar saklanadigan joy.