TURNA

TURNA (lotincha Cms) — osmonning Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi. Uning yulduzlari tutashtirilganda uchayotgan turnani eslatgani uchun shunday nom olgan. U Janubiy baliq, mikroskop, Feniks va hindiy yulduz turkumlari orasida joylashgan. O’zbekiston hududida uning asosiy qismi, Janubda atigi 10-15° gacha ko’tariladi va shuning uchun ham yaxshi ko’rinmaydi. Turnada oddiy ko’z bilan hammasi bo’lib 30 ga yaqin yulduzni ko’rish mumkin.