TUKAL XONIM
TUKAL XONIM (?-1408) Amir Temurning xotinlaridan biri. Mo’g’uliston xoni Xizrxo’janing qizi. 1397 yil Sohibqiron Konigilda katta to’y qilib, Tukal xonimni o’z nikohiga kiritgan. Tukal xonim Haramda (xon qizi bo’lgani tufayli) Saroymulkxonimdan keyingi o’rinda, ya’ni «kichik xonim» deb atalgan. 1397 yil Sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarkandda «Bog’i Dilkusho»ni barpo qilgan.