TUKUMAN
TUKUMAN — Argentinaning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar. Saladilo daryosi vodiysida. Tukuman provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 525,8 ming kishi (2001). Transport yo’llari tuguni. Argentina shimoliy g’arbiy qismining yirik iqtisodiy markazi. Shakarqand, kimyo, mashinasozlik, metallsozlik, poyabzal, tikuvchilik sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1565 yilda asos solingan. 1816 yilda Tukumanda mamlakat mustaqilligi e’lon qilingan.