Kondak nima?
Kondak kalisoviy munojot qo’shiqlarining barisidan ko’lamlirog’i sanaladi. Bu janr milodning V—VI asrlari chegarasida Vizantiyada shakllangandi. O’sha zamonlarda u kukiliy deb ataladigan na’tiy kompozitsiyadan va ikos deb yuritiluvchi, yakkaxon xonanda bilan xor jo’rlikda ijro etadigan asosiy sho’badan iborat bo’lgan. Kondak yilning kunlariga ko’ra taqsimlangan. Kondakning asosiy mazmuni — aziz-avliyo tavalludi yoxud cherkov hayiti kunida marhumni sharaflash. Kondakning ibodatdagi alohida mavqei yana shunda ko’rinadiki, ularni yozib borish uchun nota belgilarining alohida tizimi ishlab chiqilgan, ularning bir yillik to’plami maxsus kitob — kondokarni tashkil etardi. Biroq Rusda paydo bo’lganidan keyin bu murakkab qo’shiq kuylash ancha soddalashtirilgan edi. Kondak to’la-to’kis ko’rinishda faqat din xizmatchilarini dafn etish marosimidagina saqlanib qoldi.