Qaysi musiqa asbobi birinchi yaratilgan?
Bu xususda afsona mavjud, lekin u fantaziyadan o’zga bir narsa emas. Yunon asotiriyasi-mifologiyasiga ko’ra, birinchi musiqa asbobi — cho’pon nayini — iloh Pan yasagan. Kunlardan bir kuni u qirg’oqda hamish g’ishshasiga puflaydi va poya bo’ylab o’tgan nafasi hazin bir nola chiqarganini eshitadi. U poyalarni kalta-uzun qilib qirqadi, qo’shib bog’laydi, shunday qilib, Ilohning izmida birinchi musiqa asbobi paydo bo’ladi! Gapning nafsilambrini aytganda, biz ilk musiqa asbobini kim yasagani uyoqda tursin, uning nomi qandayligini-da zikr etolmaymiz, chunki barcha ibtidoiy olamlar, zotan, butun dunyoda u yoki bu musiqani yaratganlar. Bu odatda qandaydir diniy ahamiyatga molik musiqa bo’lgan va tomoshabinlar uning ishtirokchilariga aylanganlar. Odamlar raqsga tushishar, chapak chalishar va unga jo’r bo’lgancha qo’shiqlar kuylashar edilar. Bu amallar shunchaki huzur-halovat uchungina bajarilmagan. Ibtidoiy musiqa odamlar turmushining salmoqli qismini tashkil etardi. Iloh Pan va qamish haqidagi afsona odamzot qay yo’sinda shu qadar rang-barang musiqa asboblarini yasashga qodirlik darajasiga etishganini taxmin qilishimizga imkon beradi. U o’z musiqasini yaratish uchun tabiatdagi tovushlarga taqlid hilgan yoxud uning o’zini qurshagan tabiat ne’matlaridan foydalangan bo’lishi mumkin. Dastlabki musiqa asboblari urma musiqa asboblari bo’lgan (baraban xilida). Keyinchalik odamzot hayvonlarning mo’guzidan yasaladigan puflama musiqa asboblarini ixtiro qildi. Ushbu ibtidoiy puflama musiqa asboblaridan hozirgi mis puflama musiqa asboblari o’sib chiqqan. Odamzot o’zining musihani his va idrok etishini rivojlantirib borishga qarab qamishdan foydalana boshlaydi va shu tarzda birmuncha tabiiy va nozik sadolar hosil qiladi. Nihoyat, inson lira va Arfani ixtiro qiladi-da, kamonchali asboblarning dunyoga kelishiga yo’l ochib beradi. O’rta asrlarda salbbardorlar-salb yurishlari ishtirokchilari yurishlaridan mashriqzaminning bir talay g’aroyib musiqa asboblarini olib qaytadilar. O’sha zamonlardayoq Yevropada mavjud bo’lgan xalq musiqa asboblariga singdirilganidan so’ng ular hozirgi kunda musiqa hosil qilish uchun foydalanilayotgan ko’plab musiqa asboblari darajasiga takomillashdilar.