Akkordeonni kim ixtiro qilgan?
Akkordeon — temirchilik damlari tamoyiliga asosan yasalgan cholg’u asbobi. Tovush unda metall taxtachalar orqali o’tadigan havoni qizdirish-damlash hisobiga hosil qilinadi. Mazkur cholg’u asbobining rivojlanishi ko’p yillar, asrlar davom etgan. Cholg’u asbobining bir qismi bo’lmish metall taxtachalar ilk daf’a qadimiy xitoyliklar tomonidan «chang» deb yuritiladigan musiqa asbobida qo’llangan edi. XVI asrda yog’och ramkalarni damda foydalanish g’oyasi paydo bo’ladi. Damlar cho’zilganda va qisilganda taxtachalarni tebrantiruvchi havo oqimi yuzaga keladi. Taxtachalarning tegishli tugmachalari bosiladi. Bu taxtachalarning tebranishi esa akkordeon ovozini hosil qiladi. Tugmachalar nafaqat akkordeonlarda, qolaversa XII asrda ixtiro qilingan pianinolarda ham ishlatiladi. Hozirgi akkordeonlarning bobokaloni deb hisoblash mumkin bo’lgan dastlabki cholg’u asbobi Damian degan bir avstriyalik tomonidan 1829 yilda yasalgan edi. 1910 yilga qadar kontsertbop deb atalgan akkordeon faqat Yevropa mamlakatlaridagina ma’lum edi. Shundan so’ng u Amerika estradasida paydo bo’ldi. O’sha pallalardan beri u ancha-muncha takomillashdi va 1937 yilda ilk marotaba undan simfonik orkestrda foydalanishdi. Kontsertbop akkordeonning bir yonida 120 dona bas tugmachalari va boshqa bir yonida 41 dona baland parda tugmachalari bor.