Fortepyano qachon paydo bo’lgan?
Pianino, organni istisno qilganda, eng murakkab musiqa asbobi. Umuman uning asl nomi — pianoforte bo’lib, «sokin-baland» degan ma’noni anglatadi. Bu nomlanish, pianino har xil balandlikda va kuch bilan tovush hosil qila olishidan kelib chiqqandi. Pianino monoxord degan juda oddiy musiqa asbobidan o’sib chiqqan. Monoxord, o’ziga tushirilgan shkalada intervallarga ega bo’lgan yakkatorli quti bo’lgan. Milodning taxminan 1000 yiliga yahin Gvido D’Aresso monoxord uchun siljitma band ixtiro qildi, tugmachalar va torlar qo’shdi. U yaratgan musiqa asbobi XVI asrga qadar iste’molda bo’lgan. Keyinchalik u boshqa shakl — klavikordga ega bo’ldi. Klavikordning tovushi torlarning mis ignalar ta’sir ostida tebranishidan hosil bo’lar edi. Spinet degan cholg’u asbobi yuqorida zikr etib o’tilganlar bilan chambarchas bog’langan. U 4 oktavada diapozonga ega cho’zinchoq musiqa asbobi bo’lgan. Uning torlari mizroblar yoki tugmachalar bilan harakatga keltirilar edi. XVIII asrning durustgina tanilgan musiha asbobi klavesin deb atalar edi. U o’lchamlariga ko’ra klavikord va spinetdan katta va ikkita klaviaturaga ega bo’lgan. Shakli jihatidan kattakon pianinoni eslatadi. Torlari jajji patlar yordamida harakatga keltirilgan. Ushbu musiqa asboblarini pianinodan alohidalashtiruvchi ko’zga tashlanadigan real farq, — bu, bolg’achalarning harakati. Uni Bartolomeo Kristoferi 1709 yilda ixtiro qilgan. Bolg’achalar birmuncha oddiy musiqa asboblarida muqarrar bo’lgan qitirlovchi tovushdan xalos bo’lishga yordam bergan. Motsart va Betxoven zamoniga kelib fortepyano ommaviy musiqa asbobiga aylanadi. Betxoven pianinodan eng ko’p samara undirgan dastlabki bastakor edi: uning musiqasi fortepyanoning yanada past, yanada teran, yanada kuchli sadosini talab qiladi.