TASHXIS
TASHXIS (Arabcha — shaxslantirish) — jonlantirish badiiy san’atining bir turi; turli narsalar, hayvonlar, qushlar, o’simliklar va boshqalarga insoniy xususiyatlarni ko’chirish san’ati. Tashxis og’zaki nutqda ham, badiiy asarlarda ham keng qo’llanadi. Tashxis badiiy tasvirning aniqroq, yorqinroq bo’lishiga xizmat qiladi. O’zbek folklori, mumtoz adabiyoti hamda hoz. she’riy va nasriy asarlarda Tashxisning go’zal namunalari uchraydi. Masalan: Bahor elga ayshu manga iztirob, Kulub holima barq, yig’lar Sahob. Ushbu baytda barq (chaqmoq) va Sahob (bulut) jonlantirilmoqda. Ad.Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati,T., 1999; Rahmonov V., She’r san’atlari, T., 2001.