Ilk polonez qachon paydo bo’lgan?
Oginskiyning «Vatan ila vidolashuv» nomi bilan ham tanilgan «Polonez»i singari ajoyib musiqa asarini bilmaydigan odamni izlab topish qiyin, albatta. Latif, g’amgin musiqa qalbga bosh uradi va zumda xotiradan o’rin oladi. Oginskiy «Polonez»ini eng sevimli va ommaviy musiqa asarlaridan biri hisoblash odat tusiga kirgan. Xo’sh, ushbu bu qadar ommaviy raqs qachon paydo bo’lgan? Ilk polonez Polshaning eski poytaxti Krakovda 1574 yili qirol Genrix III Anjuyskiy taxtga chiqishi tantanasida ijro etilgan, deb hisoblanadi. Yangi hukmdorni qutlayotgan zodagon shlyaxtichlar bu musiqa ostida nechog’li kiroyi va chiroyli yo’rg’alashgan-a! Shuning uchun ham polonezni azaldan «polyaklar» raqsi deb atashgan. Tez orada uni butun dunyo ballarida yoqtirib qolishdi. Yangi raqsning muvaffaqiyati odatda uning tantanavor, ulug’vor tabiati bilan izohlanadi. Polonez o’zida dabdabani, sallona odimlashni mujassam etadi, uning raqs texnikasi esa aytarli murakkab emas — paraddagi mayin — ohista odimga o’xshash bir narsa. Hozir polonez raqsiga tushishmaydi, ammo bu ulug’vor raqs konsert musiqasida abadiy qoldi. Buyuk polyak kompozitori Frederik Shopenning polonezlari judayam mashhur bo’lib ketgan.