Kriptografiya nima?
Sizlardan ko’pchiligingiz qachonlardir bir-biri bilan maxfiy xabarlar almashish tizimini yaratishni xohlagani muqarrar. Bu narsa bolalar orasida ko’p uchraydi. Ehtimol, siz harflar o’rnida raqamlarni ishlatishni shartlashib olgandirsiz. Har bir raqam alifbening konkret harfiga mos keladigan bo’ladi. Shundan so’ng bu xosraqamlardan foydalana boshlaysiz. Kriptografiya-maxfiy xosraqamlardan foydalanilgan yozuvdir. Ba’zan xosraqam — «kod» so’zi o’rnida «shifr» so’zidan foydalanishadi. Yuliy Tsezar o’z maxfiy maktublarini raqibidan asrash maqsadida shifrlar qo’llagani ham ma’lum. Bizning zamonamizda shifrlar va xosraqamlar ham davlat ishlarida, ham amaliy maxfiy yozishmalarda keng qo’llaniladi. Shifrlashtirishning, asosan, ikki usuli mavjud. Birinchisi matndagi raqamlar, harflar yoki boshha belgilarning o’rni almashtirib qo’yilishiga asoslangan. Boshqasi esa matnli bildirishdagi harflar tartibini o’zgartirish, ularga uncha rioya etmaslikka asoslanadi. Bu ikkala usul asosida shifrlashtirishning bitmas-tuganmas variantlari miqdorlarini yaratish mumkin. Birinchisi ancha-muncha oson va bolalar o’z o’yinlarida ko’pincha foydalanishadi. «Kod», «kodlashtirish» so’zlari kodlashtirilgan matnni o’qish paytida xat jo’natuvchida ham, uni oluvchida ham mavjud bo’ladigan maxsus xosraqamlar jadvalidan foydalanishni taqozo etadi. Kodlar, shifrlar to’g’ridan-to’g’ri deshifrlash — shifrsizlantirish tariqasida, ya’ni ularga kalitni topish yo’li bilan fosh etilishi mumkin. Biroq, bu ancha murakkab ish. Kriptogrammalar (maxfiy bildirishlar) ni o’qishning ilmiy uslubi rivojlanishning yuqori darajasida va u kriptoanaliz (kriptotahlil) deb ataladi. Kriptogrammalarni o’qigan shaxs, qoida tariqasida, maxfiy matn qaysi tilda tuzilganini aniqlashi lozim. Shuningdek matn qanday maxfiylashtirilgan: kodlashtirish yoki shifrlashtirish uslubi bilanmi yoki yo’qmi aniqlanishi kerak. Shifrlar, kodlarni fosh etishda harflar tilida ko’p qo’llanadigan jadvallar, tag’in ko’pdan-ko’p narsalar zarur bo’ladi.