FAZO VA VAQT

FAZO VA VAQT, makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi ob’ektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning o’zaro joylashish tartibi, ko’lami va mikyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir bo’luvchi xrdisa va jarayonlarning ketma-ket ro’y berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilmaxil nuqtai nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: substantsial va relyasion kontsepsiyaga ajratish mumkin. Substantsial kontsepsiyada Fazo va vaqtning mutlaq jihatlari, relyaksion kontsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Substantsial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo arRoziy, Beruniy, Patrisiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va boshqalar)ning fikricha, fazo— materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan mustaqil substantsiyadir; u moddiy ob’ektlarning joylashish makoni, fazo mutlaqdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy ta’sir ko’rsatadi; vaqt munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda o’tadi. Fazo va vaqtni mustaqil sub. stantsiya deb hisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substantsial kontsepsiya nomi bilan kirgan. Relyasion yondashuv vakillari (Aristotel, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnis, Toland, yum, Fixte, Kant, Gegel)ning fikricha, fazo—moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon bo’lishi, jismlarning o’zaro joylashish o’rni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juz’iy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bogliq; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, vaqt esa materiyaning atributa (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud bo’lishi mumkin emas, u nisbiydir. Fanda uzoq davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish hukmronlik qilib keldi. Shu jixatdan vaqtga nisbatan dinamik va statistik qarashlar ham mavjud. Dinamik qarash bo’yicha, vaqtning faqat hozirgi zamonigina Real mavjud, o’tmish o’tib ketgan, kelajak esa hali yo’q. Statistik qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yo’la, yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir, vaktning lahzalarini har bir sub’yekt o’z boshidan kechiradi va unga go’yoki vaqt oqib o’tayotgandek tuyiladi. 20-asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi Fazo va vaqtning o’zaro chambarchas bog’liqligi, Fazo va vaqt sistemaning harakat tezligi bilan, vaqtfazo strukturasining modda zichligi bilan bog’liqligi haqidagi fikrlar tabiiy-ilmiy va nazariy isbotini topdi. Bundan ilgariroq yaratilgan noevklid geometriyasi tamoyillari bilan dunyo elektrodinamik manzarasining bog’lanishi fazoning strukturasi haqidagi tabiiyilmiy tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan yutuqlari Fazo va vaqtning xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda birbiridan farq qilinishini isbotladi. hozirgi zamon fanlari aniklab bergan Fazo va vaqtning xususiyatlarini 2 turga ajratish mumkin. 1-turga tegishli o’lchov asboblari (lineyka, Ruletka, soat kabilar) bilan o’lchash mumkin bo’ladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon bo’ladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning ko’lami, bir jinsliligi, izotropliligi, egilganligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqalar kiradi. 2-turdagi xususiyatlari Fazo va vaqtning tub mohiyatiga aloqador bo’lgan, barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon bo’ladigan, o’zgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki diskretligi), o’lchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaktning esa uzluksizligi, bir o’lchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bog’langanligida va boshqalarda namoyon bo’ladi. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etsa, topologik xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb ataladi. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari o’zgarganda voqelikda jiddiy strukturaviy o’zgarishlar ro’y bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning o’zgarishi esa voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy o’zgartiradi. Fazo va vaqtni anglashda Real, perseptual va kontseptual Fazo va vaqtlarni birbiridan ajrata olish lozim. Ob’yektiv voqelikdagi Real, jismoniy, fizik ob’ektlar, narsa va hodisalarning o’ziga xos Fazo va vaqt aloqadorliklari Real Fazo va vaqt deyiladi. Real Fazo va vaqtning inson tasavvurida idrok etilishi — perseptual Fazo va vaqt bo’lsa, Real Fazo va vaqtning matematik tenglama va hisob-kitoblarda modellashtirilishi — kontseptual Fazo va vaqtdir. Perseptual va kontseptual Fazo va vaqt Real Fazo va vaqtning in’ikosi ekanligini hisobga olish lozim, ularni aynanlashtirish kishini chalgitishi mumkin. Hozirgi davrda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador fizik, kimyoviy, geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik Fazo va vaqt haqidagi kontsepsiyalar ham yaratilmoqda. Ularda olamning tuzilish jihatdan xilma-xilligi va birligi, ko’p qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi asoslanmoqda. 20-asrning oxiri — 21-asrning boshlarida nazariy fizika, topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, relyativistik kosmologiya kabi fanlarning rivojlanishi Fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarni jiddiy o’zgartirdi, Fazo va vaqtning turli-tuman modellarini tadqiq qilishga keng yo’l ochildi. Bu tadquqotlar olamdagi yagona eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik — Fazo va vaqt aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga asos berdi. Ad.: Sovremennaya Nauka o stroenii i evolyutsii materialnogo mira, v kn. Osnovi filosofii, T., 2004; Tu Rae v B. O., Vaqt muammolari, T., 1986; Tu Rae v B. O., Prostranstvo. Vremya. Razvitie, T., 1992. Baxtiyor To’raev.