Eng yangi jahon adabiyotining klassigi kim?
Chingiz Aytmatov (1928) ning eng a’lo asarlari allaqachon eng yangi jahon adabiyoti klassikasining ajralmas qismiga aylandi. Uning kitoblari ham uslubiga ko’ra, ham janrlariga ko’ra bir-biridan farq qilsa-da: — oralarida nosamimiy asarlarni topolmaysiz, vaqt o’tishi bilan har birini qaytadan mutolaa qilgingiz keladi va bu kitobxonlikdan hech qachon hafsalangiz pir bo’lmaydi. Chingiz Aytmatov — Qirg’iziston xalq yozuvchisi, qirg’iz va rus tillarida ijod qiladi. «Jamila», «Alvido, Gulsari», «Oq kema», «dengiz sohili bo’ylab chopayotgan Olapar» qissalarida, «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Kassandra tamg’asi» romanlarida adib zamonamizning keskin axloqiy va ijtimoiy muammolarini ko’taradi va ularni kitobxonlarga mohirona havola etadi. Aytmatovning kitoblari yuksak san’atga xos bo’lgan chinakam halovat bag’ishlaydi. Asar zamirida insonga, haqiqatga muhabbat tursagina, muqarrar shunday bo’ladi. Uning so’z san’atkoriga xos buyuk iste’dodi jahon adabiy jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda.