V. I. Dal kim?
Vladimir Ivanovich Dal (1801 -1872) o’qimishli va mehnatdo’st odam bo’lgan. U Peterburg dengizchilik korpusini, so’ngra esa Derpt universitetini tugatadi, shifokor diplomini oladi. Biroq adabiy faoliyat umridagi asosiy ishiga aylandi. U «jonli ulug’ rus tili lugati» ning tuzuvchisi sifatida jahon madaniyati tarixidan o’rin oldi. Garchand, Dal ma’lumoti bo’yicha filolog bo’lmasada, 1863-1866 yillarda u tuzgan kitobning bosmadan chiqishi rus fani tarixida voqeaga aylandi. Dal lug’ati, zamondoshlari uni hishacha shu tariqa ataganlaridek, xalq so’zlashuv tilining boyligi va go’zalligini birinchi bo’lib aks ettirdi. Lug’atga tirkalgan 200 000 so’zdan 80 000 ga yaqini ilk martaba qayd etilgan edi. Dal har bir kalimaga izoh berdi va uning qo’llanishini maqollar va iboralar bilan quvvatlantirdi. Bunday yondashuv tag’in bir nashr — keng miqyosda tanilgan va tarqalgan «rus tilidagi maqollar» kitobining dunyoga kelishi uchun maydon hozirladi. Bundan tashqari, Dal bir talay adabiy asarlar: ertaklar, hikoyalar, ocherklar va qissalar yaratgan. Dalning to’la asarlar to’plami 10 ta qalin jildni tashkil etadi. Asarlari shunaqangi jonli va maroqli tilda yozilganki, istalgan yoshdagi bolalar ularni ko’nikmasiz ham o’qiyveradilar. Dalning lug’at yaratish bobidagi faoliyati u tirikligidayoq jamiyatning e’tirofiga sazovar bo’ldi: u Lomonosov mukofoti va Rossiya geografiya jamiyatining oltin medali bilan taqdirlandi. 1868 yilda Dal faxriy akademik etib saylanadi.