Kabuki teatri nima?
Kabuki teatri Yaponiyada XVII asr o’rtalarida vujudga keladi. An’anaviy No teatridan farqli o’laroq uning uslubi ildizlari xalq san’atidan kuch oladi. «Kabuki» so’zining o’zi esa «chetga chiqish» degan ma’noni anglatadi. Uning tomoshalari teatr san’atining boshqa turlaridan ancha-muncha farq qilgani tufayli ushbu teatr shunday nom olgan. Garcha Kabuki teatri sahnasida ham hech qanday dekotrasiya bo’lmasa-da, tomosha zali ichki arxitekturasining o’ziyoq spektakl o’ynaladigan fon bo’lib xizmat qiladi. Buning uchun zalning turli burchaklaridagi bir talay eshiklardan, aktyorlar ahyon-ahyonda qorasini ko’rsatadigan ayvonlardan, aktyorlar tomoshabinlar orasida harakatlanadigan maxsus yo’lakchalardan foydalanilgan. Qizig’i shundaki, tomoshabinlar nafaqat sahna ro’parasida, qolaversa undan chapda ham, o’ngda ham o’tirishgan. Kabuki teatrida ham faqat erkaklar rol ijro etadi, lekin tomosha dramatik voqealar bilan birma-bir almashinib turadigan raqslardan tarkib topadi. Shuning uchun aktyorning nainki harakatlanishi, balki vokal iste’dodi ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Teatr repertuari imperator hayoti to’g’risida va saroy fitnalari haqida hikoya qiluvchi ko’hna mumtoz pyesalardan iborat bo’lgan.