FON

FON (Yunoncha phone — tovush) — tovush balandligi darajasining birligi. Turli chastotali tovushlar har xil balandlikka ega bo’lsada, ularning intensivligi turlicha bo’ladi. Tovush balandligi chastotasi 2000 Gts bo’lgan toza tondagi tovush bilan taqqoslanib baholanadi. 1 Fon — chastotasi 1000 Gts, balandligi bo’yicha teng, intensivligi bo’yicha 1 desibelga farq qiluvchi 2 ta tovushning balandliklar darajasi ayirmasi.