FLYUGER
FLYUGER (nemischa Fluger, gollandcha vleugel — qanot) — shamol yo’nalishi va tezligini aniklaydigan qurilma. U vertikal o’qqa qo’zg’almas qilib mahkamlangan shamol yo’nalishi ko’rsatkichlari, sterjenda erkin aylanuvchi posangili flyugarka (qanotcha)lar, yoy va shtiftlar biriktirilgan metal plastinkadan iborat. Shamol yo’nalishini 8 ta asosiy rumbdan belgilab olinadi. Shamol yo’nalishini flyugarka bo’yicha aniqlanadi. Flyugarkaning posangisi hamisha shamolga teskari yo’nalgan bo’ladi. Shamol tezligini esa metall plastinaning vertikal vaziyatdan ma’lum burchakka og’ishi (yoyga belgilangani) bo’yicha o’lchanadi. Flyuger 10 -12 metr balandlikdagi minoraga o’rnatiladi, Flyuger bilan 40 metr/sekundgacha bo’lgan shamol tezligini o’lchash mumkin.