FRONT
FRONT (Fransuzcha front, lotincha frons — peshona, old tomon) (harbiy ishda) — 1) odatda, urush boshlanishi bilan qurolli kuchlar barpo etadigan operativ-strategik birlashma; 2) harbiy harakatlar maydonidagi qo’shinlar old bo’linmalarining yoyilish va dushman bilan to’qnashuv chizig’i; 3) safning harbiy xizmatchilar yuzlangan (mashinalarning old) tomoni.