IVANOV ALEKSEY NIKOLAYEVICH
IVANOV ALEKSEY NIKOLAYEVICH (1905.1.8, Ulyanovsk — 1987.24.5, Toshkent) — haykaltarosh, O’zbekiston xalq rassomi (1955). Samara badiiy texnika ustaxonasida ishlagan (1919— 20). 1929 yildan Samarqandda, keyinroq Toshkentga kelib, ijodiy ish bilan shug’ullangan. Ilk asari — «kitob ushlagan o’zbek qizi» (1937). Asarlarini asosan gipsda ishlagan: «Shaxtyor» (1947), «zveno boshlig’i» (1953), «M. Turg’unboyeva» (1955), «Ibn Sino» (1956) va boshqa haykallari, mehnat Qahramonlari (M. Ubaydullayeva, O. Yo’ldosheva, N. Niyozov, H. Tursunqulov va boshqalar) portretlari ustida ishlagan; 50-60- yillarda mehnat ahli aks etgan haykallar («Po’lat quyuvchi», «cho’pon», «payvandchi qiz» va boshqalar), H. Olimjon byusti (bronza, 1958) ni yaratdi.