FUKUI KENITI

FUKUI KENITI (1918.4.10, Nara prefekturasi) — yapon kimyogari. Yaponiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1983). Kioto universitetini tugatgan (1941), shu universitet professor (1951 yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kvant kimyosiga oid. Chegara orbitalar nazariyasiga asos solgan (1952), oraliq holat yoki faollangan kompleksning shakllanishi to’g’risidagi tushunchalarni rivojlantirgan (1954-57), o’z nazariyasini ko’p markazli faollangan komplekslar va turli katalitik reaktsiyalarda qo’llagan. Nobel mukofoti laureati (1981; R.Xofman bilan hamkorlikda).