SAVAR (SAVART) FELIKS
SAVAR (SAVART) FELIKS (1791.30.6, Mezer — 1841.16.3, Parij) — frantsuz fizigi, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1827 yildan). Ma’lumoti bo’yicha vrach. Parijdagi xususiy o’quv yurtida fizika bo’yicha professor (1820 yildan). Ilmiy ishlari akustika, elektromagnetizm va optikagaoid. 1820 yilda J.B.Fio bilan birga tok hosil qilaetgan magnit maydoni kuchlanganligini aniqlaydigan qonunni topdi. Turli jismlarda tovushning tarqalishini va rezonans hodisasini tajribada o’rgangan, torli asboblarni yasashning asosini ishlab chiqqan.