SAID ABDULLOH BUXORIY

SAID ABDULLOH BUXORIY (16 asr oxiri, Buxoro — 1647, Hijoz) — xattot; «Darvish Abdiy» va «Mavlaviy» laqablari bilan ma’lum. Dastlab Buxoroda, so’ngra isfahonlik xattot Mir Imod Husayniydan ta’lim olgan. U Istanbul, Isfahon shaharlarida, Misrda bo’lgan. Istanbulda nasta’liq xatini joriy qilgan, Sulton Muhammad IV buyrug’i bilan «Shohnoma»ni ko’chirgan. Haj safaridan keyin umrining oxirigacha Hijozda yashagan. Ad.: Murodov A., O’rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan, T., 1971.