SALPLAR

SALPLAR (Salpae) qobiqlilar kenja tipiga mansub sinf. Koloniya bo’lib erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlari. Voyaga yetgan davrida dumi va xordasi bo’lmaydi. Tanasi bochkasimon; uzunligi bir necha mm dan 33 santimetrgacha; qalin shaffof qobiq bilan qoplangan; qobiq orqali ichagi va qalqonsimon muskullari ko’rinib turadi. Og’iz va kloaka teshiklari tanasining qaramaqarshi tomonlarida joylashgan. Halqumida 1 juft Jabra yoriqlari bor. Halqumi ustida nerv gangliysi va uning ustida yorug’lik sezadigan ko’zchasi joylashgan. Jinssiz va jinsiy ko’payishi gallanib turadi. Jinssiz individi kurtaklanib ko’payadi; uning qorin tomonidagi bo’rtig’ida birinketin jinsiy koloniya — blastozoidlar hosil bo’lib turadi. Blastozoidlar uzun zanjirga o’xshab (8-400 tadan individ) ajralib chiqadi. Ular tuxumdonida faqat 1 ta tuxum yetiladi; undan murtak rivojlanadi. Lichinkasi bo’lmaydi. 25 turi ma’lum. Ko’pchilik turlari okeanlarda (shimoliy Muz okeanidan tashqari) tarqalgan.