SALTILO

SALTILO — Meksikaning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar. Koauila shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 577 ming kishi (2000). Transport yo’llarining muxim tuguni. Meksika shimoldagi konchilik rayoni markazi. Rangli metallurgiya, og’ir va qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo, to’qimachilik, jun, oziq- ovqat sanoati korxonalari mavjud. Meksika qo’ltig’i sohilidan quvurlar orqali neft va gaz keltiriladi. Interamerika universiteti bor. Me’moriy yodgorliklardan sobor, cherkov va bog’lar (18-asr) saqlangan. Shaharga 16-asr oxirlarida asos solingan.