FOSFORIT UNI
FOSFORIT UNI — fosforli o’g’it, fosforitlardan kukun holida ishlab chiqariladi, tuproq nordonligini pasaytiradi, suvda erimaydi. Tarkibida o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan va SaSO3, CaJ2 aralashgan SA3(RO4)2 shaklidagi 19-30% R2O5 bor. Nordon, botqoqi, qumloqli tuproqlarda qo’llaniladi (bir necha yil ta’sir qiladi). Tuproqsagi kislota, mikroorganizmlar faoliyati, o’simliklar ildizi ajratadigan moddalar ta’sirida Fosforit uni tarkibidagi fosfor o’simliklar o’zlashtira oladigan sa(N2RO4)2N2O shakliga o’tadi. Fosforit unini ko’pgina ekinlar uchun qo’llash mumkin. Dukkakli ekinlarga yaxshi ta’sir qiladi.