IBROHIMOV LEKIM HAKIMOVICH
IBROHIMOV LEKIM HAKIMOVICH (1945.21.12, Olmaota viloyati) — O’zbekiston xalq rassomi (2001), O’zbekiston Badiiy Akademiyasi akademik (1999). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1977). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1977-87). Ibrohimov ijodida Sharq mavzui asosiy o’rin tutadi, xalq ertak va Dostonlari, o’zbek va uyg’ur mumtoz she’riyati asosida yaratgan asarlari o’zining lirik ohangi, mazmuni bilan e’tiborni tortadi: «Amir Temur», «Alisher Navoiy», «Bobur» va boshqa portretlari, «O’zbek xalq ertaklari», «So’qoq qizlari» turkum asarlari va boshqalar. Rassomning ijodiy falsafasi O’rta Osiyo, qadimgi Sharq madaniyati bilan uzviy bog’liq («ko’k bo’rini emayotgan bolakay», 1989; «qiz. Xonatlas», 1990; «Ipak yo’li», 1997; «Sharq go’zali», 1998 va boshqalar). Ibrohimovning xorijiy mamlakatlarda shaxsiy ko’rgazmalari uyushtirilgan, xalqaro va respublika ko’rgazmalarida asarlari bilan ishtirok etadi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Oltin medali bilan taqdirlangan (1998).