Kino rassomi kim?
Kinematograf tarixining dastlabki bosqichida rassomning vazifasi fonida aktyorlar suratga tushiriladigan manzara — dekoratsiyani chizishdan iborat bo’lgan. Bora-bora yassi manzara o’rnini murakkab hajmdor dekorasiyalar egallay boshladi. Ammo dekorasiya va natura qorishib ketgan hozirgi zamon kinosida rassomning ahamiyati nihoyatda salmoqlidir. U keyinchalik kadrda jonlanadigan betakror olam yaratmtog’i lozim. Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastavval rassom eskizlar turkumini yaratadi. Bular — bo’lg’usi film lavhalarining rasmlari. Ular asosida natural tarzda suvratga olish o’rni belgilanadi va dekoratsiyalar tiklanadi. Kinodagi dekoratsiya teatrdagidan ancha-muncha murakkabdir. Gap shundaki, teatr tomoshabini sahnani bitta nuqtadan va uzoq masofadan turib ko’radi, kinoda esa uni turli tomonlaridan, tag’in yirik planda suratga oladilar. Binobarin xonaning bir bo’lagini emas, balki mebel o’rnatilgan, chiroq yonib turgan va hattoki muzlatgich ishlab turgan haqiqiy uyni yaratishga to’g’ri keladi. Shundaylikka shundayku-ya, rassomning ishi tarixiy kartinalarda ancha qiyin bo’ladi. Masalan, «Gamlet» filmini suratga olish uchun Fin ko’rfazining sohilida maxsus ravishda o’rta asrlar qo’rg’oni qurilgan edi. To’g’ri, buning uchun tosh emas, balki maxsus tsement bilan qoplangan taxtalar material bo’lib xizmat qilgan edi. Buningdek dekorasiyani yaratish uchun rassom o’zi rasmlarda aks ettiradigan turli davrlar me’morchiligi va madaniyatini obdon yaxshi bilmog’i lozim. Ba’zi paytlarda film voqealari olis sayyorada, vulqon o’pqonida yoxud dengiz tubida bo’lib o’tishi ham mumkin. Bunday paytda rassom nima qiladi? Basharti pavilonda uyg’oq vulqonni yasashning iloji yo’q-ku? Buningdek ob’yektlarni yaratish uchun kobminatsiyalangan-qurama suratga olishning murakkab texnikasidan foydalaniladi.