SABANCHA

SABANCHA, dala mushugi (Felis fi byca) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Uy mushuklarining nael boshi bo’lsa kerak. Afrika, O’rta dengizning ba’zi orollari, shimoliy G’arbiy Xitoy, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Zakavkazeda tarqalgan. Gavdasi 63-70 santimetr, dumi 23-33 santimetr. Juni kulrangsariq, qora dog’li, dumida bir nechta qora halqasimon chiziqdar bor. Ko’payishida tulki, bo’rsiq, jayra va boshqa hayvonlarning inidan foydalanadi. Aprel—mayda 3-5 ta bola tug’adi. Savanna, saxro va cho’llarda, tog’etaklarida, to’qaylarda yashaydi. Ondatra, yumronqoziq, qushlar, kamdankam quyon va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Mo’ynasining sifati past, kam ishlatiladi.