YASEVICH VASILIY KOSMICH

YASEVICH VASILIY KOSMICH (1894.6.1, Ashxobod — 1969.19.11. Toshkent) — xirurg, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1947), tibbiyot fanlari Doktori (1937), professor (1937). Yurev (Estoniya, Tartu shahri) universiteti tibbiyot fakulteti talabasi (1918), harbiy lazaretlarda yordamchi vrach (1918-19), O’rta Osiyo universiteti tibbiyot fakulteti xirurgiya klinikasi ordinatori va ayni vaqtda shu fakultet talabasi; universitetni tugatgach (1922), shu kafedra assistenti (1923-31), dotsenti (1931-37). Toshti pediatriya fakulteti xirurgiya klinika kafedrasi mudiri (1937-64), O’zbekiston Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1964-69). Ilmiy ishlari qon gruppalarini o’rganish, qon quyish va boshqalar masalalarga oid.