TARONA

TARONA (forscha) — qo’shiq, ashula turi. O’tmishda ruboiy shaklidagi she’rlar bilan ijro etiladigan qo’shiq va ashulalar Tarona deb yuritilgan. Tarona atamasi, ayniqsa 14-15 asrlardan keng qo’llanila boshlagan. Najmiddin Kavkabiy va Darvishali Changiypshnt musiqa risolalarida kuy (qo’shiq)ning muayyan shakli sifatida tushuntirilgan; o’n ikki masom tizimida Ushshoq maqomi Tarona deb xam atalgan. «Tarona» atamasi bizgacha maqomlarning tarkibiy qismi (xususan, 15-17 asrlarda keng qo’llanilgan naqsh, amal, kor, qavl, rexta, saj’, savt, zarbayn kabi kuy va qo’shiq shakllari)ning umumlashgan nomi sifatida etib kelgan. Ularni Shashmaqom, Xorazm va Farg’ona — Toshkent maqom turkumlari tarkibidagi Taronalar orkali tasavvur et’ish mumkin. Jumladan, Shashmaqom ning 1-guruh sho’balari tarkibidagi Taronalarning umumiy soni 57 ta bo’lib, ular hajman ixcham ko’rinishdan tortib, shaklan rivojlangan, bastakorlik ijodiyotiga mansub ashulalargacha bo’lgan namunalarni o’zida mujassam etgan (masalan, xalq qo’shig’iga yaqiya bo’lgan Saraxbori Dugoxning 2 Taronasi, bastakorlik ijodiyotiga mansub 6 Taronasi) va boshqalar. Xorazm maqomlari turkumida sof «Tarona» nomli yo’llaridan tashqari, o’zga maqomlarda uchramaydigan Suvora, Naqsh, faryod kabi ashula qismlari mavjud. Taronaga turdosh mazkur aytimlarning musiqiy tuzilishi asosan rivojlangan sho»ba shakliga mos keladi, ularning har biri murakkab usullariga asoslanib, mumtoz shoirlar she’rlari bilan aytiladi. Farg’ona — Toshkent maqomlari tarkibida dastlabki qismlardan keyin keluvchi ashulalarning ayrimlari o’zining tuzilishi, vazni va doyra jihatidan Taronalarni eslatadi. Ushbu turkum taronalari ham Xorazm maqom taronalari singari shaklan sho’balar darajasiga etgan ashulalardir. Mazkur Taronalarning musiqiy tili ham, uslubi ham murakkab. Ba’zan Taronalarning kuy rivojida namudlar ham uchraydi. Taronalar ko’pincha 3/4, 4/4, 3/4=3,8, 3/4Q4/4, 6/4 va, hatto murakkab 13/4 o’lchovidagi Suvora usuliga bog’lab aytiladi. Maqom Taronalari makrmlarning 2 asosiy sho»basini o’zaro bog’laydi, hajman yirik, tabiatan vazmin asosiy sho»balar orasida yangilanish (kontrast)ni yuzaga keltiradi, asosiy sho’balarning ijrochi (yetakchi Hofiz)lariga dam olish imkoniyatini yaratadi. Tarona atamasi hozirgi zamon musiqa amaliyotida kuy, ohang ma’nosida ham keng qo’llaniladi (masalan, «Sharq taronalari», «chang taronalari»). Shahnoza Oyxo’jayeva.