FUTUROLOGIYA

FUTUROLOGIYA (lotincha futurum — kelajak va …logiya) — keng ma’noda — insoniyat kelajagi, umumbashariy muammolar haqidagi umumiy kontsepsiya yoki tasavvurlar majmuasi; tor ma’noda — ijtimoiy jarayonlar hamda fan-texnika taraqqiyotiga oid sohalardagi jarayonlarni izchillikda o’rganish va kelajagini bashorat qilish imkoniyatini beradigan fan sohasi, «bashorat qilish» so’zining sinonimi. 1943 yil nemis sosiologi O. Fleytxeym «Futurologiya» terminini kelajak haqidagi fan sifatida ishlatishni taklif qilgan. Hozirgi vaqtda Futurologiyada 2 asosiy yo’nalish kuzatiladi. 1-yo’nalish — «ekologik pessimizm» tarafdorlari insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, 2-yo’nalish — ilmiy-texnikaviy optimizm namoyandalari texnologiya taraqqiyotining ijobiy imkoniyatlari asosida insoniyat tsivilizasiyasini saklab qolish mumkin, deb hisoblaydilar.