XAMUN

Ma’nosi

XAMUN — Seyiston botig’idagi (balandligi 480 metr) chuchuk va sho’r suvli oqmas ko’llar guruhi, Eron va Afg’onistonda. Hilmand, Hashrud va Farruxrud daryolari bahorgi to’lin suv davrida yagona suv havzasini (maydoni 2-3 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 1-1,5 metr) tashkil etadi. Qamishzorlar bor. Suv parrandalari qishlaydigan joy.

O‘xshash so‘zlar

X harfi: barcha so‘zlar