GVATEMALLAR

GVATEMALLAR — xalq, Gvatemalaning asosiy aholisi (5,6 million kishi). Umumiy soni 5,7 million kishi (1990-yillar o’rtasi). Asosan ispan-indeys metislari (ladino). Ispan tilining gvatemal lahjasida so’zlashadilar. Dindorlari — asosan katoliklar.