GAPRINDASHVILI NONA TERENTEVNA

GAPRINDASHVILI NONA TERENTEVNA (1941.3.5, Zugdidi shahri) — gruzin shaxmatchisi, ayollar o’rtasida 5-jahon chempioni (1962-1978). Gaprindashvili ayollardan 1-bo’lib erkaklar o’rtasidagi xalqaro grossmeyster unvonini olgan. «Oskar» shaxmat sovrindori (1982). Gruziya Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti (1989 yildan).