GARRIK (GARRICK) DEYVID

GARRIK (GARRICK) DEYVID (1717.19.2, Xereford — 1779.20.1, eltron, London yaqinida) — ingliz aktyori. Yevropa teatrida ma’rifiy realizm asoschisi va sahna islohotchilaridan biri. Teatr jamiyatni tarbiyalovchi vosita deb hisoblagan. 1742-76 yillar «Druri-Leyn» (London) teatrida ishlagan. U Shekspir asarlarida bosh rollar (Hamlet, Otello va boshqalar)ni o’ynab shuhrat qozongan.