GAMMA-KVANT

GAMMA-KVANT (u-kvant) — katta energiyaga (odatda 105 elektron-voltdan katta) ega elektromagnit maydon kvanti. Zarra va antizarralar annigilyatsiyasida hosil bo’ladigan fotonlar xam u-kvantlar deyiladi. Gamma-kvant, masalan, atom yadrolaridagi kvant o’tishlar va elementar zarralar o’zgarishida yuzaga keladi.