GURIYA KNYAZLIGI
GURIYA KNYAZLIGI — Guriya hududidagi davlat (14-19-asr boshlari). 16-asrda mustaqillikka erishgan. Ajariya uning tarkibida bo’lgan. Keyinchalik Imeretiyaning vassali. 18-asrda Guriya knyazligi hududining bir qismi Usmonli turk imperiyasi tomonidan zabt etilgan. 1811 yilda Rossiyaga qo’shib olingan, 1828 yilgacha muxtoriyat huquqiga ega bo’lgan.